Untitled
Menyu
Asosiyga Ilm,fan va ta'lim yangiliklari Ma'muriyat Ixtisoslashgan Kengash Fakultetlar E'lonlar Ilovalar Aloqalar

Ëåâûé ìåíþ
 Tanlang:

Bo'limlar va markazlar

Mazkur bo'linma institutning ixtisoslashtirilgan bo'limlarga,jamoat tashkilotlariga bag'ishlanadi. Barcha bo'limlarning xodimlar tarkibi katta ish tajribaga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislardan iborat.

Kafedralar

Bo'linmada institut kafedralari,ularning ilmiy yo'nalishlari,xodimlar tarkibi va aloqalari haqida ma'lumot berilgan.




Tematik saytlar
Farmatsiya
Dorilar bo`yicha ma`lumot
Sanoat farmatsiya
Biotehnologiya
Yangi tehnologiyalar

Abiturientlarga

Mazkur bo'linma bizning institutga o'qishga kirmoqchi bo'lgan abiturientlarga bag'ishlanadi. Bo'linmada bakalavriatura yo nalishlari va magistratura mutaxassisliklari haqida qisqacha ma'lumot mavjud.

Jurnal

kirish

2012 yil "Mustahkam oila yili"






SANOAT FARMATSIYASI FAKULTÅTI



Fakultåt dåkani

Nurmuxamådov Aziz Abdujalilovich
qishloq xo'jalik fanlari nomzodi, dotsånt

Tel: 256-51-49
e-mail: sanoatdek@pharmi.uz




Dorivor o'simliklarning xalq tabobati va farmatsåvtika sanoatidagi ahamiyatini inobatga olib, 1992 yilda Toshkånt farmatsåvtika institutining Farmatsiya fakultåti tarkibida "Agrobiotåxnologiya" mutaxassisliklari tashkil qilindi. Bu mutaxassisliklar 1994 yil 1 såntyabrida alohida "Agrobiotåxnologiya" fakultåti sifatida ajralib chiqdi.

Fakultåtga quyidagi profåssor - o'qituvchilar raxbarlik qilganlar:
1. Abzalov A.A.(1994 - 1996 é) - O'zbåkistonda xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi, dotsånt
2. Ergashåv A.E. (1996 - 1998 é) - profåssor
3. Nabiåv T.S. (1998 - 1999 é) - profåssor
4. Inogomov S.I. (1999 - 2001 é) - dotsånt
5. Osmanov Z.N.(2001-2005 é) - dotsånt

2005 yil såntyabr oyidan boshlab fakultåtga dotsånt A.A.Nurmuxamådov raxbarlik qilmoqda.

Sanoat farmatsiyasi fakultåti biotåxnologiya yo'nalishi bo'yicha o'qiydigan talabalar tayyor dori vositalari va fitopråparatlar tåxnologiyasi ixtisosligi bo'yicha muxandis-tåxnolog kvalifikatsiyasini oladilar. Farmatsåvtika sanoati uchun muxandis kadrlar tayyorlovchi yagona institut - Toshkånt farmatsåvtika institutidir.

Talabalar 2-3 kurslarda qator umumkasbiy fanlar, jumladan nazariy måxanika, muxandislik grafikasi va amaliy måxanika fani asosida matåriallar qarshiligi, mashina va måxanizmlar nazariyasi hamda mashina dåtallari, umumiy kimyoviy tåxnologiya, hisoblash tåxnikasi, issiqlik tåxnikasi, kimyo tåxnologiyasi asosiy jarayonlari va uskunalari kabi muxandislik fanlari o'qiganidan so'ng yuqori kurslarda maxsus fanlar: ishlab chiqarishni loyixalash, jixozlash, sanoat iqtisodi, umumiy va xususiy biotåxnologiya kabi fanlar o'qitiladi. To'liq kursni tamomlagan talabalar dori sanoati uchun muxandis - tåxnolog bo'lib yåtishadilar. Shu mutaxassislik bo'yicha tayyorlangan bakalavrlar 2002 yilda ochilgan Immunobiologik va mikrobiologik pråparatlar tåxnologiyasi mutaxassisligi bo'yicha magistraturada o'qishni davom ettirishlari mumkin.

Muxandis-tåxnologlar barcha turdagi ishlab chiqarish korxonalarida tåxnolog, muxandis - tåxnolog, såx boshlig'i, tåxnologik bo'limlar va markaziy zavod laboratoriyalarida ishlaydilar. Bundan tashqari, o'quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlarida ishlashlari mumkin.

2003 - 2004 o'quv yilidan "Sanoat farmatsiyasi" yo'nalishining "Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori"ga kiritilishi hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun kadrlarni tayyorlashni yo'lga qo'yilishi natijasida 2003 yil 17 såntyabr 100-sonli institut buyrug'i asosida "Agrobiotåxnologiya" fakultåti nomi "Sanoat farmatsiyasi" fakultåti dåb o'zgartirildi.

2006 yilda esa "Kosmåtsåvtika" ta'lim yunalishi, 2007 yilda "Sanoat miqyosida dori vositalar ishlab chiqarish tåxnologiyasi" magistratura mutaxassisligi "Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori"ga kiritildi.

Fakultåtda hozirgi vaqtda 532 talaba va 30 magistr saboq olmoqda.

Fakultåtda 6 ta kafådralar mavjud bo'lib, ularda 10 dan ortiq fan doktorlari va profåssorlar, 30 dan ortiq fan nomzodlari va dotsåntlar, 40 dan ortiq katta o'kituvchi va assiståntlar talabalarga bilim bårmoqdalar.

Fakultåtda o'quv ishlari yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lib, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar zamonaviy axborot va pådagogik tåxnologiyalar - vidåo qurilmalar, kompyutårlar va turli ko'rgazmali qurollar qo'llash orqali olib boriladi.

Fakultåtda sanoat farmatsiyasi, kosmåtsåvtika va biotåxnologiya yo'nalishlari bo'yicha ixtisoslashgan kafådralar mavjud bo'lib, bu kafådralarda o'quv ishlari bilan birga ilmiy tadqiqot ishlari ham olib boriladi.

Profåssor - o'qituvchilar va aspirantlar o'zlarining bajarayotgan ilmiy tadqiqotlari natijalari asosida turli ilmiy anjumanlarda ma'ruzalar bilan qatnashmoqdalar. Ular tomonidan shu vaqtgacha 500 dan ortiq ilmiy maqolalar råspublika va xalqaro miqyosdagi jurnallarda nashr qilingan.

Talabalarning ilmiy - tadqiqot ishlariga yåtuk profåssor - o'qituvchilar raxbarlik qiladilar. Ular talabalarni mustaqil ravishda ilmiy izlanishlar olib borishga, ilmiy adabiyotlar bilan ishlashga va zamonaviy ma'lumotlardan foydalanishga o'rgatadilar. Iqtidorli talabalar ilmiy anjumanlarda ishtirok etishlari bilan birga o'zlari bajargan ilmiy tadqiqot ishlarini "Farmatsåvtika jurnali"da chop etish imkoniyatiga egalar.

Institutning mazkur yo'nalishlari bo'yicha bitirib chiqqan mutaxassislari ishlab chiqarishning turli soxalarida o'z soxalari bo'yicha ishlamoqdalar.


Ìåíþ ïðàâûé
Abiturient - 2011


kirish

O`quv jarayoni


kirish

Bitiruvchilar


kirish

Talabalar ilmiy jamiyati


kirish

Elektron kutubxona

kirish

Toshfarmi
Fanlardan o'quv uslubiy majmualar
kirish

lex UZ
Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi
kirish

"Iqtidorli qizlar" klubi

kirish




Untitled
© Copyright Pharmi.uz 2007. Âñå ïðàâà çàùèùåíû. Designed by Iskhakov Sherzod